“ShHT doirasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik qirralari”

Bugun Toshkent shahrida shu mavzudagi xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Tadbir Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan tashkillashtirilgan.

Anjumanda ShHT Kotibiyati, Yevroosiyo xalqlari assambleyasi, Qozog‘iston xalqlari assambleyasi, XXR yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, Hindiston xalqaro ishlar bo‘yicha kengashi, Pokiston tinchlik va diplomatiya tadqiqotlari instituti, Qozog‘iston va Qirg‘iziston xalqlar assambleyalari, Tojikistondagi SHHT do‘stlik va hamkorlik markazi, Qirg‘izistondagi SHHT madaniy integratsiyasi markazi, xorijiy mamlakatlarning diplomatiya missiyalari, etnik-madaniy markazlar va xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Konferentsiya ishtirokchilari O’zbekistonning ShHTga raisligi davrida madaniy-gumanitar sohada erishilgan natijalarni muhokama qildilar. Tashkilotning Samarqand sammiti yakunlari bo’yicha, birinchi navbatda, fan, madaniyat, turizm, ta’lim va sport sohalarida kelishuvlarni amalga oshirish bo’yicha «yo’l xaritasi» ni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

ShHT doirasida hamkorlikning yangi yo’nalishlari bo’yicha fikr almashildi.

Konferentsiya ishtirokchilari, shuningdek, tashkilot faoliyatiga bag’ishlangan fotoko’rgazma bilan tanishishdilari.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Erkin Hamrayev anjumandagi nutqida ShHTning Samarqand sammiti O‘zbekistonning tashkilotga muvaffaqqiyatli raisligini yakunlaganini taʼkidladi.  Turli darajadagi 100 dan ortiq tadbirlar, jumladan, qator madaniy-gumanitar iventlarning o‘tkazilgani buning tasdig‘idir.

SHHT tarkibiga kiruvchi davlatlar o’rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish uchun muhim salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar o‘rtasida madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasida muhim kelishuvlarga erishildi. SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari O‘zbekistonning 2023 yilni SHHT makonida Turizmni rivojlantirish yili, deb eʼlon qilish tashabbusini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar. Bu katta «SHHT oilasi» xalqlarining moddiy va maʼnaviy tarixi bilan yana-da chuqurroq tanishish imkonini beradi.

O‘zbekiston tomonidan tashkil etilgan SHHTning O‘zbekistondagi xalq diplomatiyasi markazi va Samarqanddagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti kelgusi yilda SHHTning turizm va madaniy hamkorlik kun tartibini amaliy to‘ldirishga to‘liq hissa qo‘shishiga umid bildirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Rahbari tashabbusi bilan madaniyatlararo muloqot uchun raqamli platformalar – virtual muzeylar va ijodiy ko‘rgazmalar, xalqlarimizni bir-biriga yaqinlashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy videokonferensiyalar, shu jumladan, yoshlarning faol ishtirokini taʼminlaydigan loyihalarni tashkil etish rejalashtirilgan.