BMT Bosh kotibining o’rinbosari, Cho’llanishga qarshi Konventsiya Ijrochi kotibi Ibrohim Tiau bilan uchrashuv to’g’risida

2022-yil 19-sentabr kuni Nyu-York shahrida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh kotibining o’rinbosari, Сho’llanishga qarshi kurash Konvensiyasi Ijrochi kotibi Ibrohim Tiau o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Muzokaralar davomida iqlim o’zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish, cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ibrohim Tiau ta’kidlaganidek, so’nggi yillarda BMTning Cho’llanishga qarshi kurash Konvensiyasi doirasida O’zbekiston hamkorlik sezilarli darajada oshdi. Konvensiyani amalga oshirish jarayonini ko’rib chiqish qo’mitasining (CRIC-21) 21-yig’ilishi kelasi yil O’zbekiston Respublikasida o’tkazilishi o’zaro aloqalar o’sib borayotganining yorqin dalilidir. I.Tiau Konvensiyasi ushbu tadbirni tayyorlash va o’tkazish bo’yicha O’zbekiston tomoniga har tomonlama yordam ko’rsatishga tayyorligini bildirdi.

BMT Bosh kotibining o’rinbosari O’zbekistonning Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha amaliy chora-tadbirlarini, shuningdek, qurigan dengiz tubini ko’kalamzorlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.