YXHT DIIHBning Referendumni kuzatish bo‘yicha cheklangan missiyasi rahbari bilan uchrashuv

2023-yil 28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YXHT DIIHB) Referendumni kuzatish bo‘yicha cheklangan missiyasi rahbari Albert Yonsson bilan uchrashdi

Vazir oʻrinbosari A.Yonssonni joriy yil 30-aprelda boʻlib oʻtadigan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha referendumni kuzatish boʻyicha YXHT DIIHB missiyasi o‘z ishini boshlagani bilan tabrikladi. 

Uchrashuvda DIIHB kuzatuvchilar missiyasining konstitutsiyaviy referendumni o‘tkazish jarayonining barcha darajadagi ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Byuroning saylovni kuzatish bo‘yicha avvalgi missiyalari faoliyatining samaradorligi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligini takomillashtirish doirasidagi hissasi qayd etildi.

Konstitutsiyaviy referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida tomonlar ochiq va konstruktiv hamkorlikka tayyorligi ta’kidlandi.