TIVda Qatar Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yil 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oliy va yuqori darajada o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar jadvali, ularning tashkiliy va mazmuniy jihatlari yuzasidan fikr almashildi. Muloqot davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.