Qirg’iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari bilan uchrashuv to’g’risida

2023-yil 7-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri  v.b. Baxtiyor Saidov mamlakatimizga «O’zbekiston va Qirg’iziston: strategik sheriklikning yangi istiqbollari» mavzusidagi xalqaro davra suhbatida ishtirok etish uchun kelgan Qirg’iz Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari Asein Isayevni qabul qildi.

Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 26-27 yanvar kunlari Qirg’iz Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlarini muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni so’zsiz amalga oshirish bo’yicha qo’shma chora-tadbirlarga e’tibor qaratildi.

O’zbekiston va Qirg’iziston parlamentlari, hukumatlari va hududlararo yo’nalishida rejalashtirilgan muloqotlar jadvali, ularning tashkiliy hamda mazmuniy jihatlari ko’rib chiqildi.

Madaniyat va ta’lim sohalaridagi aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekiston-Qirg’iziston diplomatik munosabatlarining 30 yilligini nishonlash doirasida o’tkazilayotgan qator tadbirlar, jumladan, O’zbekistonda Qirg’iziston madaniyat kunlari va anjumanlar masalalari muhokama qilindi.