O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Elchisi Sharlotta Adrian bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarning dolzarb masalalari, jumladan, o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanishga qaratilgan ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar birgalikda hamkorlik qiluvchi organlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligini, jumladan 2023-yilda navbatdagi uchrashuvlarini tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha strategiyasi doirasida raqamlashtirish, yashil iqtisodiyot, energetika, atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi kabi sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, turli darajalarda rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.