Tokioda O‘zbekiston va Yaponiya TIV rahbarlari o‘rinbosarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov boshchiligidagi delegatsiya bugun Yaponiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Takako Suzuki bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, xususan, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, joriy yilda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasida qo‘shma tadbirlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Yaponiya rasmiy vakili ikki davlat o‘rtasidagi oliy va yuqori darajadagi muloqotlarga, xususan, O‘zbekiston Prezidenti va Yaponiya Bosh vaziri o‘rtasidagi telefon orqali suhbat natijalariga yuqori baho berdi.

Tadbirda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ham batafsil maʼlumot taqdim etildi.