Tashqi ishlar vazirligida Shveysariya elchisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar istiqbollari muhokama etildi

Tashqi ishlar vazirligida Shveysariya elchisi Konstantin Obolenski bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda O‘zbekiston – Shveysariya munosabatlarining istiqbollari hamda rejalashtirilayotgan ikki tomonlama ahamiyatga molik qo‘shma tadbirlar muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli munosabatlarni yana-da mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirish muhimligini taʼkidladilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha turli jabhalarda, xususan, professional taʼlim, davlat xizmatchilari malakasini oshirish, to‘qimachilik va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.