Lodz meri bilan uchrashuv to’g’risida

2022-yilning 2-dekabr kuni tashrif bilan Polshada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Lodz shahri meri Xanna Zdanovska bilan uchrashdi.

Lodz viloyati bilan savdo-iqtisodiy sohada hamda O‘zbekiston bozoriga investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Lodz viloyati va O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati o‘rtasida birodar shahar munosabatlarini o‘rnatish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tikuv-to‘qimachilik sanoatida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va uning hajmini sezilarli darajada oshirish hamda Polshaga eksport mahsulotlarini yetkazib berishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli barcha sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.