Bosh konsulxona migrantlar uchun bayram dasturxoni yozdi

AKTAU, 23 mart. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Aktaudagi Bosh konsulxonasi Navro‘z bayrami munosabati bilan ushbu shahar qurilish ob’ektlarida mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida bayram tadbiri tashkil qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Bosh konsulxona xodimlari ishtirokchilarni milliy bayram — Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabrikladi.

Bayram shukuhuni aks ettirish uchun Qozog‘iston milliy an’analariga xos ravishda o‘tov o‘rnatildi, o‘zbek milliy taomlari tayyorlanib, ishtirokchilarga tarqatildi.

Tadbir doirasida yurtdoshlarimiz Qozog‘iston mehnat migratsiyasi qonun me’yorlari, ish joyida mehnat muhofazasi va karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirildi.

https://dunyo.info/uz/site/inner/bosh_konsulxona_migrantlar_uchun_bayram_dasturxoni_yozdi-skW?fbclid=IwAR0iHdfupsvw8mFIp2jtLmeAzDqF4CrgCuqC406gdp8TFBMcMDs85vMA5YU