O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatlarimiz o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-biriga maktub yo‘lladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Qozog’istonva O’zbekistono’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
O’tganyillar mobaynida mustahkam do’stlik, yaxshi qo’shnichilik va umumiy madaniy-tarixiy qadriyatlarga tayangan holda, chinakam strategik sheriklik ruhida mustahkamlanib borayotgan namunali davlatlararo munosabatlarni o’rnatishga muvaffaq bo’ldik.
Oliy darajadagi faol va ishonchli muloqot, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning jadal rivojlanib borayotgani bu fikrni tasdiqlaydi.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ko’p tomonlama formatda Markaziy Osiyoning barqaror o’sishi, barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash bo’yicha umumiy maqsadlarni muvaffaqiyatli ilgari surmoqdamiz.
Qardosh xalqlarimizni yaqinlashtirishdaSizning ulkan shaxsiy hissangiz hamda ko’p qirrali aloqalarimizni yanada mustahkamlashga samimiy intilishingizni alohida ta’kidlamoqchiman.
O’z tomonimdan, Siz bilan Qozog’iston-O’zbekiston munosabatlarini yangi cho’qqilarga olib chiqish bo’yicha yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanligimni tasdiqlayman. Ittifoqchilik munosabatlari to’g’risidagi shartnomani imzolash to’g’risidagi tarixiy qarorimiz bilan buni tasdiqlaydi.
Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mas’uliyatli davlat faoliyatingizda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar, qardosh O’zbekiston xalqiga farovonlik va farovonlik tilayman.
Ehtirom ila,
Qasim-Jomart Toqayev
*****
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti
Qasim-Jomart Toqayev
Janobi Oliylariga
Hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich!
Aziz birodarim!
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganligining 30 yilligi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini hamda qardosh Qozog‘iston xalqini chin qalbimdan samimiy muborakbod etishdan behad xursandman.
Shuni mamnuniyat bilan taʼkidlab o’tmoqchimanki, o’tgan davrda ahamiyatga molik salmoqli natijalarga erishildi, xalqlarimizning o’zaro do’stlik rishtalari yanada mustahkamlanib, davlatlarimiz o’rtasidagi keng qamrovli munosabatlarning huquqiy negizi va samarali institutsional mexanizmlari yaratildi.
Aloqalarimiz so’nggi yillarda o’zaro ishonch, yuksak qurmat-ehtirom, bir-birini qullab-quvvatlash va yaxshi qo’shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik tamoyillari asosida jadal surʼatlar bilan rivojlanib bormoqda.
Oliy va yuqori darajada o’rnatilgan ochiq, konstruktiv va faol muloqotlarimiz hamda davlatlararo va hukumatlararo munosabatlarimizni tartibga soluvchi samarali amaliy mexanizmlar o’zaro manfaatli hamkorligimizni kuchaytirishda mustahkam asos bo’lib xizmat qilayotganini aloqida taʼkidlashni istardim.
Shuni ham qayd etish o’rinliki, joriy yilning 21-23 noyabr kunlari Ostona shahrida o’tkaziladigan O’zbekiston madaniyati kunlari bayram tantanalari mushtarak tarixga ega ikki qardosh xalq o’rtasida o’zaro do’stlik va hamjihatlik rishtalarini yanada jipslashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Aminmanki, birgalikdagi dadil qadamlarimiz bilan uzluksiz rivojlanib borayotgan keng ko’lamli hamkorlik aloqalarini bundan keyin ham birodar xalqlarimiz farovonligi yo’lida yangi, yuksak marralarga olib chiqishga qodirmiz.
Munosabatlarimiz solnomosidagi ushbu muhim sana munosabati bilan Sizni yana bir bor qutlab, mustahkam sog’liq, baxt-saodat va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatingizda ulkan zafarlar, qardosh Qozog’iston eliga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va bardavom taraqqiyot tilab qolaman.
Ehtirom ila,
Shavkat Mirziyoyev