Tashqi ishlar vazirligida Shveysariya elchisi Konstantin Obolenski bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda O‘zbekiston – Shveysariya munosabatlarining istiqbollari hamda rejalashtirilayotgan ikki tomonlama ahamiyatga molik qo‘shma tadbirlar muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli munosabatlarni yana-da mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirish muhimligini taʼkidladilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha turli jabhalarda, xususan, professional taʼlim, davlat xizmatchilari malakasini oshirish, to‘qimachilik va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.