Aviakompaniya Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalish — Nukusdan Aktauga (Qozog‘iston) to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yoʻlga qoʻymoqda. Parvozlar 2025-yil 3-iyuldan boshlanadi va haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Aktual jadval (mahalliy vaqt bilan):
Aktau – Nukus
– Payshanba: jo‘nab ketish 22:00 → yetib borish 23:20
– Yakshanba: jo‘nab ketish 03:30 → yetib borish 05:05
Nukus – Aktau
– Payshanba: jo‘nab ketish 19:50 → yetib borish 21:10
– Yakshanba (tungi reys): jo‘nab ketish 01:20 → yetib borish 02:40 (dushanba)
Mazkur reys Qoraqalpog‘iston va Qozog‘istonning g‘arbiy qismi o‘rtasida qulay aloqani ta’minlab, ikki davlat o‘rtasidagi shaxsiy va ishbilarmonlik safarlarini yengillashtiradi.
Aviachiptalar narxi 770 ming so‘mdan boshlanadi. Chiptalar allaqachon aviakompaniyaning rasmiy centrum-air.com sayti hamda Centrum Air’ning roʻyxatdan o‘tgan agentlarida mavjud.
Qozog‘istonda chiptalarni Transavia ofislarida ham xarid qilish mumkin.