2023-yil 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Parlamentining O‘zbekiston bo‘yicha ma’ruzachisi Ilhan Kyuchyuk bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevroparlament o‘rtasidagi Afgʻoniston yo‘nalishidagi munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Yevropa tomoniga O‘zbekistonning afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish, shuningdek, ushbu mamlakatga iqtisodiy ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlari haqida ma’lumot berildi.
I.Kyuchyuk Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik oʻrnatishda Oʻzbekistonning roli katta ekanini taʼkidladi.