2023-yil 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Turkmanistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yazguli Mammedovni qabul qildi.
Uchrashuv mobaynida O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da chuqurlashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni to‘laligicha amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Rejalashtirilgan tadbirlar jadvali, jumladan, mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasida o‘tkaziladigan tadbirlan yuzasidan fikr almashildi.
O‘zaro tovar ayriboshlash ko‘rsatkichlarini oshirish, savdo va sanoat kooperatsiyasi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha aniq takliflar muhokama qilindi.
Tomonlarning madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishga tayyorligi taʼkidlandi.