2023-yil 7-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Xalqaro turkiy akademiya prezidenti Shain Mustafoyev bilan uchrashdi.
Sh.Mustafoyev yaqinda Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Jadidlar merosini oʻrganishga bagʻishlangan Xalqaro konferensiya yakunlarini yuqori baholadi.
Oʻzbekiston va Xalqaro turkiy akademiya oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, tarix va arxeologiya fanlarini birgalikda oʻrganishni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi. Joriy yilda buyuk oʻzbek olimi Abu Rayxon Beruniy merosini oʻrganish boʻyicha xalqaro anjuman tashkil etishni oʻrganish yuzasidan kelishuvga erishildi.