2023-yil 6-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni ustuvor yo‘nalishlarda izchil mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Oliy va yuqori darajadagi tadbirlar jadvali kelishib olindi.