12-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif telefon orqali muloqot qildilar.
Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Pokiston yetakchisi davlatimiz rahbarini bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy qutlab, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Suhbat chog‘ida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda oliy darajada qabul qilingan bitim va kelishuvlar amalga oshirilishi muhimligini qayd etdilar.
Mamlakatlarimiz yetakchi korxonalari kooperatsiyasini rivojlantirish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.