2023-yil 8-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg bilan uchrashdi.
Tomonlar ikki davlat Prezidentlarining 2022-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish, TIVlararo maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish, savdo aylanmasini diversifikatsiya qilish va qo‘shma hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston ishchi guruhi va Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish masalalarini oʻrganish boʻyicha kelishuvga erishildi.