O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Turkiya Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.
O’zbekiston TIV rahbari joriy yil 6-fevral kuni Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida ko‘plab qurbonlar va keng ko‘lamli vayronagarchiliklar munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. B.Saidov Elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobida ta’ziya so‘zlarini qoldirdi.