O‘zbekiston TIV rahbari AQSh Elchisini qabul qildi

2023-yil 4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xenikni qabul qildi.

So‘nggi yillarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSh hamkorligi siyosat va xavfsizlik, savdo-iqtisodiyot, insonparvarlik, madaniy-gumanitar sohalarda faol rivojlanib borayotgani taʼkidlandi. Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida ham qizg‘in muloqot yo‘lga qo‘yilgan.

Tomonlar 2022-yil dekabr oyida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga tayyorligi qayd etildi.

Ikki tomonlama darajada va “C5+1” muloqoti doirasida rejalashtirilgan tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.