2023-yil 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Fransiya Prezidenti maslahatchisi Izabel Dyumon bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari hamda Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni rivoji muhokama qilindi.