O‘zbekiston Prezidenti Misrning yetakchi kompaniyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni Misrning “Orascom Investment Holding” kompaniyasi raisi Najib Savirisni qabul qildi.

Misrning yetakchi investitsiya-sanoat korporatsiyasi rahbari oliy darajadagi kelishuvlar doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekistonda qo‘shma “yo‘l xaritasi” doirasida qiymati 1,2 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va metall konlarini o‘zlashtirish, zamonaviy mehmonxona majmualarini barpo etish va boshqarish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.