Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2023-yil 27-yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasining Tehrondagi Elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoralaydi.
Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tez fursatlarda sogʻayib ketishini tilaymiz.
Umid qilamizki, ushbu hodisa sinchkovlik bilan oʻrganilgach, barcha aybdorlar javobgarlikka tortiladi.