Dunyo yetakchilari davlatimiz rahbarini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bilan qutlamoqda

Ko‘p millatli xalqimiz hayotidagi muhim sana – davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan tabriklar kelmoqda.

Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida keyingi yillarda demokratik yangilanishlar va milliy taraqqiyot yo‘lidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishda, mamlakatimizning xalqaro maydondagi o‘rni va obro‘sini yuksaltirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarni alohida qayd etgan.

Ta’kidlanganidek, yaqinda bo‘lib o‘tgan muhim siyosiy voqea – yangilangan Konstitutsiyaning qabul qilingani xalqimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ortga qaytmas islohotlarni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolatdir.

Tabriknomalarda davlatimiz rahbariga yangi muvaffaqiyatlar hamda O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qiling.

Mamlakatingiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda erishgan yutuqlar barchaga ma’lum, O‘zbekiston jahon maydonida  katta nufuzga ega, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal etishda muhim rol o‘ynamoqda.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Moskva va Toshkentning MDH, SHHT, BMT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalardagi hamkorligi yaxshi samara bermoqda.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan konstruktiv ikki tomonlama aloqalarni barcha sohalarda, do‘st xalqlarimiz farovonligi uchun, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida bundan buyon ham izchil rivojlantirib borishimizga ishonaman.

Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilayman.

Hurmat bilan,

Vladimir Putin,

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Siz va qardosh O‘zbekiston xalqiga samimiy tabrik va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan benihoya mamnunman.

Bu yil O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon alohida muhim yil bo‘ldi. Mamlakatingizda yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum va muddatidan oldin Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilib, O‘zbekistonning yuksalishi va bardavom taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratildi. Sizning rahnamoligingiz ostida Yangi O‘zbekiston barpo etilishida yanada katta yutuqlarga erishilishiga ishonaman.

Joriy yilning may oyida Siz “Markaziy Osiyo–Xitoy” sammitida ishtirok etdingiz va Xitoyga davlat tashrifini amalga oshirdingiz. Biz Xitoy-O‘zbekiston umumiy taqdir hamjamiyatini barpo etish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim kelishuvlarga erishdik.

«Bir makon, bir yo‘l» uchinchi xalqaro hamkorlik forumida ishtirok etish uchun joriy yil oktyabr oyida yana Xitoyga kelishingizni intiqlik bilan kutib qolaman.

Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlariga alohida ahamiyat qarataman. Siz bilan o‘rnatilgan hamkorlik munosabatlarimiz va shaxsiy do‘stligimizni yuksak qadrlayman. Davlatlarimizning har tomonlama strategik sherikligining barqaror va izchil rivojlantirish hamda xitoy-o‘zbek hamjamiyatining qurilishiga yangi turtki berish uchun Siz bilan hamkorlik qilishga tayyorman.

Birodar O‘zbekiston xalqiga farovonlik va baxt-saodat tilayman!

Ehtirom ila,

Si Szinpin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Mamlakatingizning Mustaqillik kuni munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga eng ezgu tilaklarimizni yo‘llayman.

O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik xalqlarimiz va butun dunyo xalqlari uchun yanada tinch va farovon kelajakni yaratishga yordam berdi.

Biz birgalikda mintaqaviy tahdidlarga, jumladan, tajovuzkor ekstremizm, giyohvand moddalar va odam savdosiga qarshi kurashishda xavfsizlik sohasidagi hamkorligimizni rivojlantirmoqdamiz.

Biz ikki davlat o‘rtasida inklyuziv iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish maqsadida savdo va sarmoyaviy aloqalarimizni chuqurlashtirmoqdamiz.

Biz umumiy qadriyatlarimiz, jumladan, mustaqillik, suverenitet va hududiy yaxlitlikni himoya qilmoqdamiz. Qo‘shma Shtatlar mintaqaviy muloqotni chuqurlashtirish, gender tengligini ta’minlash, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda qat’iy bo‘lgan O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Kelgusida hamkorligimiz va birgalikdagi ishimiz yanada chuqurlashishini intiqlik bilan kutib qolaman. Sizga ushbu bayramni shodlik va xotirjamlik ila o‘tkazishingizni tilab qolaman.

Hurmat bilan, 

Jozef Bayden,

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident janoblari, aziz qardoshim!

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan shaxsan o‘zim va xalqimiz nomidan Siz, Janobi Oliylarini va O‘zbekiston xalqini chin qalbimdan muborakbod etaman.

Mustaqillikka erishganidan buyon kun sayin tobora taraqqiy etayotgan do‘st va qardosh O‘zbekistonning oqilona rahnamoligingiz ostida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari va xalqaro sahnada egallagan nufuzli o‘rni Turkiya uchun iftixor manbaidir.

Qisqa vaqt mobaynida keng qamrovli strategik hamkorlik darajasiga yetgan hamda mintaqamizda namuna bo‘ladigan munosabatlarimizni o‘rtamizdagi birdamlik ruhida yanada mustahkamlash borasidagi irodamizni yana bir bor ta’kidlash foydadan holi emas, deb o‘ylayman.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik va baxt saodat, do‘st va qardosh o‘zbek xalqiga farovonlik, omonlik tilaklarimni yetkazaman.

Rejep Tayyip Erdog‘an,

Turkiya Respublikasi Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Qozog‘iston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan Sizni va qardosh O‘zbekistonni Mustaqillik kuni bilan qutlayman.

Suveren O‘zbekiston tarixidagi ushbu muhim kun xalqingizning birdamligi, mardligi va bunyodkorligini ifoda etadi, respublikaning davlatchiligini yanada mustahkamlash va uzoq muddatli taraqqiyotini ta’minlashda beqiyos ahamiyatga ega.

Ishonchim komil, mamlakatingiz Siz belgilab bergan strategik yo‘nalishdan qat’iy borib, keng ko‘lamli siyosiy islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarni ro‘yobga chiqarar ekan, barqaror o‘sish yo‘lidan dadil harakatini davom ettiradi.

Xalqlarimizning tub manfaatlaridan, ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik an’analaridan kelib chiqib, men Qozog‘iston-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga ustuvor e’tibor bermoqdaman.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ko‘p qirrali hamkorlikning ulkan salohiyatini qardosh xalqlarimiz ravnaqi hamda Markaziy Osiyoda barqarorlik va farovonlikni ta’minlash yo‘lida ro‘yobga chiqara olishimizga ishonaman.

Ushbu fayzli kunda Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mas’uliyatli davlat faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga baxt-saodat va ravnaq tilayman.

Hurmat bilan,

Qasim- Jomart Toqayev,

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich,

Sizni va qardosh O‘zbekiston xalqini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32-yilligi bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston ichki va tashqi siyosatda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi va xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin egalladi.

Ishonchim komil, Sizning oqilona rahbarligingizda Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar qardosh O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlanishiga, uning farovonligi yo‘lida qo‘yilgan marralar erishilishiga xizmat qiladi.

Mustaqillik yillarida mamlakatlarimiz do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida keng qamrovli strategik sheriklikni rivojlantirishda yaxshi natijalarga erishdi.

O‘rtamizdagi ishonchli munosabatlar bundan buyon ham davlatlarimizning mustahkamlanishi va har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi, deb ishonaman.

Ushbu yoqimli fursatdan foydalanib, Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, O‘zbekiston xalqiga esa – farovonlik va ravnaq tilayman.

Chuqur hurmat bilan,   

Sadir Japarov,

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Qadrli Shavkat Miromonovich!

Tojikiston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan Sizga, butun O‘zbekiston Respublikasining do‘st xalqiga mamlakatingiz milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tabriklarimiz va ezgu tilaklarimizni yo‘llash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Mustaqillik tufayli qardosh O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda, xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashda katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Bu yutuqlarning barchasi ko‘p jihatdan Sizning O‘zbekiston xalqi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotgan muvaffaqiyatli davlat siyosatingiz bilan bog‘liq.

O‘zbekiston bilan strategik sherikli va ittifoqchilikni keng miqyosda va har tomonlama rivojlantirish Tojikiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarida markaziy o‘rinni egallaydi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida – siyosat, savdo va iqtisodiyot, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohalarida barqaror rivojlanish sur’ati ta’minlandi.

Ishonchim komil, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan biz, azaliy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga, mavjud salohiyatga tayangan holda Tojikiston-O‘zbekiston konstruktiv hamkorligini qardosh xalqlarimiz farovonligi yo‘lida bundan buyon ham ilgari suramiz.

Chin qalbimdan Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik va barcha ishlaringizda yangi muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa musaffo osmon, farovonlik va bardavom taraqqiyot tilayman.

Chuqur hurmat bilan,

Emomali Rahmon,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga va mamlakatingiz qardosh xalqiga samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklarni yo‘llash men uchun sharaf.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda taraqqiyot va ravnaq yo‘lidan dadil bormoqda.

Yaqin qo‘shnimizning yutuqlaridan xursandmiz.

Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi bugungi ikki tomonlama munosabatlar konstruktiv va barqaror tusga ega ekanini mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman. Ular ko‘plab yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Turkmaniston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari xalqlarimiz farovonligi yo‘lida rivojlanishi va mustahkamlanishiga qat’iy ishonaman.

Ushbu yoqimli imkoniyatdan foydalanib, Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, O‘zbekiston Respublikasining qardosh xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq va taraqqiyot tilab qolaman.

Chuqur hurmat ila,

Serdar Berdimuhamedov,

Turkmaniston Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Sizga va Siz orqali qardosh O‘zbekiston Respublikasi xalqiga mamlakatingizning Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy qutlovlarim va eng ezgu tilaklarimni bildirish men uchun sharaf.

O‘tgan yillarda O‘zbekiston davlati o‘z taraqqiyotida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bugun mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan misli ko‘rilmagan yangilanishlar amalga oshirilmoqda.

Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yangi mazmun bilan boyib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlayman. Ishontirib aytamanki, biz Turkmaniston-O‘zbekiston munosabatlariga alohida ahamiyat qaratamiz hamda ularni sifat jihatidan yanada yuqori darajaga olib chiqishga tayyormiz.

Ushbu yoqimli fursatdan foydalanib, hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, taraqqiyot va bardavom ravnaq tilayman.

Chuqur hurmat ila,

Gurbanguli Berdimuhamedov,

Turkman xalqining milliy yetakchisi,
Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Qardosh O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga va Siz orqali xalqingizga samimiy tabrik va eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Bugun Sizning rahbarligingiz va chuqur o‘ylangan siyosatingiz tufayli O‘zbekiston, davlatchilik an’analari va tamoyillariga sodiq qolgan holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan olg‘a bormoqda. Ayniqsa, mamlakatingiz erishayotgan muhim yutuqlarni, xalqaro maydonda erishgan nufuzini, Sizning rahbarligingiz ostida yildan yilga katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritayotganini ko‘rish bizga mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Mintaqada ro‘y berayotgan jarayonlardagi faol ishtiroki va pozitsiyasi tufayli O‘zbekiston eng nufuzli xalqaro tashkilotlarning uchrashuvlari va sammitlarini yuqori darajada o‘tkazmoqda.

Ozarbayjon va O‘zbekistonni haqiqiy do‘stlik va qardoshlik rishtalari bog‘lab turibdi.

Mustahkam asosga qurilgan, faqat oldinga qarab rivojlanayotgan, aniq mazmun bilan boyib borayotgan ikki tomonlama munosabatlarimiz va strategik sherikligimizdan xursandmiz.

O‘rtamizdagi ochiq va faol siyosiy muloqot, oliy darajadagi o‘zaro tashriflarimiz, muntazam uchrashuvlar, imzolangan hujjatlar, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan qo‘shma loyihalar, shu jumladan Hukumatlararo komissiya faoliyati hamkorligimizning ijobiy sur’atini ta’minlash va sheriklikning yangi yo‘nalishlarini belgilashda muhim o‘rin tutmoqda.

Bir necha kun avval Ozarbayjonga amalga oshirgan davlat tashrifingiz Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi hamda strategik sherikligimizning har tomonlama rivojlanishiga kuchli sur’at bag‘ishladi.

Ishonchim komil, sa’y-harakatlarimizni davlatlararo munosabatlarimizni yanada mustahkamlash, hamkorligimizning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratib, xalqaro tashkilotlar, ayniqsa Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi muvaffaqiyatli birgalikdagi faoliyatimizni davom ettiramiz va kengaytiramiz.

Ushbu muhim kunda Sizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga abadiy tinchlik va ravnaq tilayman.

Hurmat bilan,

Ilhom Aliyev,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich, qadrli qardoshim!

O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan chin dildan muborakbod etaman.

Sizning dono rahbarligingiz tufayli respublikangiz keng ko‘lamli islohotlar yo‘lidan dadil bormoqda, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuksalmoqda, xalqaro maydondagi o‘rni mustahkamlanmoqda.

Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum va Prezident saylovi natijalari Siz O‘zbekistonni modernizatsiya qilish bo‘yicha tanlagan yo‘l naqadar to‘g‘riligini isbotladi.

Hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga va qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq, ko‘zlangan marralarga erishishda muvaffaqiyatlar tilayman.

Hurmat bilan,

Nursulton Nazarboyev,

Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Prezident Janoblari!

O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami munosabati bilan Sizni va o‘zbek xalqini o‘zim hamda vatandoshlarim nomidan chin yurakdan tabriklayman.

So‘nggi oylarda Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yuqori darajadagi ko‘plab tashriflar orqali ham yanada faollashdi.

Sizning joriy yil may oyida Berlinga qilgan tashrifingizni alohida ta’kidlamoqchiman. Men ushbu tashrifni mamnuniyat bilan eslayman. Shuning uchun men tez orada yana uchrashish va fikr almashinuvimizni davom ettirish imkoniyatidan juda xursand bo‘lar edim.

Iqlim inqirozi va yirik global chaqiriqlar sharoitida faollashgan Germaniya-O‘zbekiston hamkorligi alohida muhim ahamiyatga ega.

Qayta saylanganingizdan so‘ng hukumatingizning islohotlar kursini davom ettirish istagingizdan mamnunman va bu borada Sizga muvaffaqiyatlar tilayman. Sizni ishontirib aytamanki, Germaniya Sizni hamkor sifatida qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Sizga eng ezgu tilaklarimni, o‘zbek xalqiga erkinlik, xavfsizlik va farovonlikdagi osoyishta kelajak tilayman.

Frank-Valter Shtaynmayer,

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Sizga va butun O‘zbekiston xalqiga tabriklarim, baxt-saodat va ravnaq tilaklarimni katta mamnuniyat bilan yo‘llamoqdaman.

O‘zbekiston xalqi uchun alohida ahamiyatga ega ushbu kunda Fransiya mamlakatingiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiq ekanini tasdiqlayman.

Joriy yilda mamlakatlarimiz 1993 yil 27 oktyabr kuni imzolagan Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning o‘ttiz yilligi ham nishonlanmoqda. O‘tgan davrda Fransiya-O‘zbekiston do‘stligi ancha mustahkamlandi, buni yaqin oylarda Luvrda va Arab dunyosi institutida tashkil etilgan hamda O‘zbekistonning boy madaniy merosini namoyish etgan, yurtdoshlarimning O‘zbekistonga qiziqishini oshirgan va yurtingizga tashrif buyurishga undagan ajoyib ko‘rgazmalar ham tasdiqladi.

Fransiya kompaniyalari ishtirokidagi, ayniqsa suv ta’minoti, qayta tiklanuvchi energiya, kommunal xizmat va turizm sohalaridagi bir qator loyihalardan mamnunman. Fransiya Siz boshlagan ko‘plab islohotlarni kuzatmoqda, qonun ustuvorligini va mamlakatingizning demokratik asoslarini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yaqin fursatda taklifingizga javoban global sherikligimizni yuqori darajada rivojlantirishni davom ettirish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishimga umid qilaman.

Hurmatli Prezident janoblari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qiling.

Chuqur hurmat bilan,

Emmanuel Makron,

Fransiya Respublikasi Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Hindiston Hukumati, xalqi va shaxsan o‘z nomimdan O‘zbekiston Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Siz Janobi Oliylariga qizg‘in tabriklarim va ezgu tilaklarimni yo‘llayman.

Hindiston va O‘zbekiston Respublikasi tarixiy, tamadduniy va madaniy rishtalar bilan bog‘langan. Biz umumiy mintaqamizning tinchligi, xavfsizligi, taraqqiyoti va farovonligi uchun umumiy manfaatdor tomon va tabiiy hamkorlarmiz hamda birgalikda bu yo‘nalishda hal qiluvchi rol o‘ynashimizga ishonaman. O‘zbekiston xalqi tomonidan Sizga berilgan yangi mandat tufayli munosabatlarimiz yanada yangi hayotiy kuchga ega bo‘ladi.

Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga mustahkam sog‘liq va omonlik hamda O‘zbekiston Respublikasi xalqiga tinchlik, ravnaq va farovonlik tilab qolaman.

Janobi Oliylari, yuksak ehtiromlarimni qabul qilgaysiz.

Draupadi Murmu,

Hindiston Respublikasi Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu,

O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik bayrami munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga eng samimiy tabriklarimiz va ezgu tilaklarimizni izhor etishdan bag‘oyat mamnunmiz.

Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, Qardosh O‘zbekiston Respublikasi xalqiga esa yanada yuksalish va farovonlik tilaymiz.

Siz, Janobi Oliylari salomlarimiz va ehtiromlarimizni qabul qilgaysiz.

Salmon bin Abdulaziz Ol Saud,

Ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga o‘zimning eng samimiy tabrik va qizg‘in tilaklarimni yo‘llash sharafiga muyassarligim meni cheksiz quvontiradi.

Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik, baxt–saodat, do‘st O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va xalqiga doimiy ravnaq va taraqqiyot tilab qolaman.

Kamoli ehtirom va ezgu tilaklar ila,

Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident janoblari!

Misr Arab Respublikasi nomidan Siz, Janobi Oliylari va do‘st O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni munosabati bilan tabriklashdan mamnunman.

Misr O‘zbekiston bilan o‘tgan yil davomida muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlarni yuksak qadrlaydi. Mamlakatlarimiz doimo o‘zaro ishonch, umumiy qadriyatlar va manfaatlarga ega bo‘lgan sohalarda doimiy muvofiqlashtirishga asoslangan hamkorlik munosabatlarini saqlab kelmoqda.

Shuningdek, Misr Markaziy Osiyodagi muhim va qadrli hamkor sifatida O‘zbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlash tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqlab, ikki do‘st xalqlarimiz farovon kelajagi yo‘lida yanada ko‘proq hamkorlikka erishish uchun barcha darajalarda yaqin aloqalarni davom ettirishimizga chin dildan umid qilaman.

Hurmatli Prezident, Janobi Oliylari Sizga baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va farovonlik tilab qolaman.

Eng samimiy ehtiromimni qabul etgaysiz,

Abdulfattoh as-Sisi,

Misr Arab Respublikasi Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini hamda do‘st va birodar mamlakatingiz xalqini chin yurakdan tabriklayman.

Madaniy mushtaraklik va o‘xshash qadriyatlarning mavjudligi hamda oliy darajadagi delegatsiyalar almashinuvi o‘zaro hamkorlikning rivojlanishi va mustahkamlanishida sezilarli o‘rin tutdi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida ikki davlat o‘rtasida o‘zaro manfaatlarni ta’minlash hamda mintaqa va jahonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lidagi aloqalarning yanada rivojlanishiga guvoh bo‘lamiz, deb umid qilaman.

Qodir Egamdan Siz, Janobi Oliylariga sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik tilab qolaman.

Sayid Ibrohim Raisiy,

Eron Islom Respublikasi Prezidenti

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Siz, Janobi Oliylariga O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan eng samimiy tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.

O‘zbekiston Vengriyaning nafaqat siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkori, balki chinakam do‘stidir. Vengriya-O‘zbekiston hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarimiz xalqlarimiz manfaatlariga mosligiga qat’iy ishonaman. O‘tgan davrda bir necha bor shaxsan uchrashganimiz hamda Siz, Janobi Oliylarini va rafiqangizni Budapesht shahrida qabul qilganimdan mamnunman.

Ishontirib aytamanki, hukumatim strategik muloqotni yuqori darajada davom ettirishga hamda ikki tomonlama munosabatlarimizni mustahkamlash xizmat qiladigan barcha tashabbuslarga bundan buyon ham sodiq bo‘ladi.

Sizga mustahkam sog‘lik, mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

Viktor Orban,

Vengriya Bosh vaziri

***

Quyidagilar ham o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko,

Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Mansur bin Zoid Ol Nahayon,

Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy,

Qatar Davlati Amiri o‘rinbosari Abdulla bin Hamad Ol Soniy,

O‘mon Sultoni Heysam bin Tariq,

Vengriya Prezidenti Katalin Novak,

Yaponiya Imperatori Naruxito,

Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo,

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub,

Belgiyaliklar Qiroli Filipp,

Ruminiya Prezidenti Klaus Verner Yoxannis,

Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar,

Chexiya Respublikasi Prezidenti Petr Pavel,

Falastidan Davlati Prezidenti Mahmud Abbos,

Shveysariya Konfederatsiyasi Federal Prezidenti Alan Berse,

Estoniya Respublikasi Prezidenti Alar Karis,

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev,

Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min,

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibroxim Toha,

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.