27-28-aprel kunlari 2-Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF-2023) bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 27-28-aprel kunlari Congress Hall Tashkent Cityda 2-Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF-2023) bo‘lib o‘tadi.

Birinchi TIIF dunyoning 56 mamlakatidan 2000 dan ortiq ishtirokchilar – yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlarni birlashtirgan yirik xalqaro tadbirga aylandi.

TIIF-2023 qatnashchilarining soni yanada oshishi kutilmoqda, uning davomida Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyatini atroflicha ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning 30 dan ortiq qizgʻin bahs-munozaralari, panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda ishtirok etish uchun www.iift.uz saytida 2023-yil 20-aprelgacha onlayn roʻyxatdan oʻtish mumkin.