Uch tomonlama vazirlar uchrashuvi yakunlariga bag‘ishlangan brifingda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov «O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya» formatidagi birinchi yig‘ilishning muhim natijalari xususida so‘zlab berdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
– Umuman olganda, Toshkentda mamlakatlarimizning tashqi ishlar, iqtisodiyot va transport vazirlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuv davlatlarimizning barqaror rivojlanishini taʼminlash uchun birgalikda ish olib borish va amaliy natijalarga erishishga eʼtibor qaratish muhimligini tasdiqladi.
Natijada biz yaqin kelajakdagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarni belgilab beruvchi muhim hujjat – Toshkent deklaratsiyasini imzoladik.
Ushbu formatdagi keyingi uchrashuvlarimiz yana-da samarali bo‘ladi va do‘st mamlakatlarimiz o‘rtasida yana-da yaqinlashuvga ko‘maklashadi.