Turkiya TIV rahbari O‘zbekiston tomonidan Qoraqalpog‘istonda tinchlik, xavfsizlik va jamoat osoyishtaligini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan qatʼiy chora-tadbirlarni Anqara qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

TOSHKENT, 4-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norovning Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog‘lu bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida Mevlut Chavusho‘g‘li O‘zbekiston tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida tinchlik, xavfsizlik va jamoat osoyishtaligini taʼminlash, ushbu hududning barqaror rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan qatʼiy chora-tadbirlarni Turkiya qatʼiy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘laqonli amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Ikki va ko‘p tomonlama shakldagi rejalashtirilgan tadbirlarnining tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko‘rib chiqildi. Shu jumladan, Toshkent shahrida o‘tkazilishi kutilayotgan tashqi siyosat, iqtisodiyot va transport masalalari uchun masʼul idoralar rahbarlari darajasidagi «O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya» uch tomonlama uchrashuviga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.