Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Turkiya kun tartibining dolzarb masalalari, xususan, bo‘lg‘usi yuqori va oliy darajalardagi uchrashuvlar jadvali bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Elchi tomonidan Samarqandda bunyod etilgan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik doirasida shaharda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga yuqori baho berildi.
Shuningdek, siyosiy, iqtisodiy, taʼlim, madaniy sohalarda qator loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish va yangilarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.