Qirg‘iziston Prezidenti Samarqandga keldi

14-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashida ishtirok etish uchun Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

So‘ng oliy martabali mehmon Hazrati Xizr majmuasida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.