2022-yil 19-24 – sentabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Nyu-York shahrida tashrif bilan bo’ladi.
Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining Umumiy munozaralarida nutq so’zlaydi.
Shuningdek tashrif doirasida O’zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlarni o’tkazadi hamda ko’p tomonlama tadbirlarda ishtirok etadi.