“Iste’dodli vatandoshlar” stipendiya loyihasi uchun hujjatlar 30-sentabrga qadar qabul qilinadi
O‘zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Iste’dodli vatandoshlar” tanlovini xorijda ta’lim olayotgan talabalarning takliflarini inobatga olgan holda, hujjatlar qabuli muddatini 2022-yil sentabr oyining so‘nggiga qadar uzaytirilishini ma’lum qiladi.
Shu o’rinda eslatib o’tamiz «Iste’dodli vatandoshlar» stipendiya loyihasi xorijda ta’lim olayotgan o’zbekistonlik yoshlar uchun bo’lib, g’oliblar 4 oy davomida stipendiya qo’lga kiritadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali o’z ma’lumotingizni kiriting.
Barchangizga omad!
O‘zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi telegram kanali.