O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiya Elchisini qabul qildi

2023-yilning 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida tomonlar iqtisodiy hamkorlikdan tortib, xalqlar o‘rtasidagi aloqalargacha bo‘lgan ko‘plab muhim sohalarni qamrab olgan O‘zbekiston-Rossiya strategik sherikligining keng ko‘lamli kun tartibini muhokama qildilar.