2023-yilning 20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovska bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Vazir Doimiy vakilga BMTTD bilan yaqin hamkorlik va aniq natijalarga erishishga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
M.Dimovska, o‘z navbatida, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbari sifatidagi faoliyatida har tomonlama ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.