O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Anqara shahriga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbari Turkiya Prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi.