Qirg‘izistonga tashrif yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponota shahriga amaliy tashrifini yakunladi.

Bugun davlatimiz rahbari Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan muzokara o‘tkazdi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etib, mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi.