6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini ilgari surish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy sheriklik masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.