Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida

2022-yil 6-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Saudiya Arabistonining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi.

Muloqotda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi koʻrib chiqildi.

Afgʻoniston xalqiga insonparvarlik yordam koʻrsatish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni ishlab chiqish, Afgʻonistonda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvalini kelishib oldilar.