O’zbekiston-Jazoir munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari ko’rib chiqildi

2022-yil 29-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Bahrom A’loev Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Bumedien Gennadni qabul qildi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarnining bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, BMT, IHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi tomonlarning muloqoti muhokama qilindi.

Turli darajadagi bo’lajak qo’shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko’rib chiqildi.