Jazoir Elchisi bilan uchrashuv to’g’risida

2022-yil 7-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Jazoir Xalq demokratik Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Bumedian Gennadni qabul qildi.

Elchining ishonch yorlig’i nusxalarini qabul qilar ekan, Vazir uni lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va diplomatik missiyani amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.

B.Gennad Jazoir tomoni Yangi O’zbekiston bilan barcha yo’nalishlarda aloqalarni har tomonlama mustahkamlashga tayyorligini ta’kidladi. Mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyoti, olib borilayotgan tizimli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar va erishilgan yutuqlarga yuqori baho berildi.

Uchrashuv davomida O’zbekiston-Jazoir siyosiy muloqotini jadallashtirish, shu jumladan o’zaro tashriflarni tashkil etish, maslahatlashuvlar o’tkazish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish bo’yicha takliflar ko’rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy sohada mavjud salohiyatini ro’yobga chiqarish bo’yicha birgalikda chora-tadbirlar ko’rish to’g’risida kelishuvga erishildi. Jumladan, O’zbekistonda avtomobil va neft-gaz sanoati, AKT, to’qimachilik, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda Jazoir kompaniyalarining ishtiroki to’g’risida fikr almashildi. Ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari va biznes sub’ektlari o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni qo’llab-quvvatkash, shuningdek, o’zaro asnoda savdo uylarini ochish masalasini ko’rib chiqish muhimligi qayd etildi. 

Jazoirdan O’zbekistonga, xususan, dunyoga mashhur tarixiy Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga sayyohlik oqimini oshirish uchun imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy siyosatning qator masalalari ham muhokama qilindi.