Yevropa kengashi Prezidenti Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida «Ko‘ksaroy» qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.

Ushbu ezgu an’ana O‘zbekiston-YI munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan oliy darajadagi muzokaralarning natijalarini mustahkamlaydi.

Bugun oliy martabali mehmon Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining O‘zbekistondagi yangi ofisi ochilishida ishtirok etishi, Samarqand shahri tarixiy-me’moriy obidalari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning mamlakatimizga tashrifi yakunlanadi.