I Umumiy qoidalar
Xalqaro Biyennale bolalar badiiy ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston bolalarining dunyo mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan o‘zaro ijodiy muloqot va turli madaniyatlar haqida tasavvurni boyitish, yangi izlanuvchan ixtiro iqtidorlarini aniqlash, tasviriy san’at borasida yosh san’atsevarlarning kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi, maktab yoshidagi bolalarning intellektual o‘sishini rag‘batlantirish, ularning Ona-Vatani va jahon tarixi hamda madaniyatiga qiziqishi, tasavvurini yanada kengaytirish maqsadida o‘tkaziladi.
Tashkilotchilar: O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, hamda davlat tashkilotlari, xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari hamkorligida.
Biyennalening ko‘rgazma pavilonlari: Markaziy Ko‘rgazmalar zali, Toshkent Fotosuratlar Uyi va Ikuo Xirayama Xalqaro Madaniyat Karvon-saroyi.
Ishtirokchilar 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshdagi, maktab yoshidagi bolalar, jumladan imkoniyatlar cheklangan bolalar uchun moslashtirilgan maktab-internatlar va Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari.
Tanlovga kelib tushgan rasmlar egalariga qaytarilmaydi. Tashkilotchilarning tasarrufida qolgan bu ishlardan O‘zbekistonda va chet ellarda, jumladan tematik ko‘rgazmalar tashkil etishda muallifning nomini ko‘rsatgan holda foydalaniladi.
Biyennale o‘z ramziga ega. Undan bosma, sovg‘a mahsulotlari tayyorlashda, mamlakat konunchiligiga muvofik belgilangan tartibda ko‘rgazmalar tashkil etishda foydalaniladi.
Quyidagilar asosiy mavzular hisoblanadi: «Bolalik dunyosi», «Mening Vatanim», «Men yashayotgan olam», «Mening orzuim», «Men bilgan O‘zbekiston».
Biyennaleda ishtirok etish uchun xaq olinmaydi.
O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi direksiya Xalqaro bolalar rasmlari Biyennalesini yukori tashkiliy, ijodiy saviyada o‘tkazish uchun barcha vazirliklar va idoralarning ishlarini muvofiqlashtiradi.
Xalqaro Biyennaleni tashkillashtirish 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich – chet mamlakatlar va mamlakatimizdagi manfaatdor tashkilotlarga tegishli reklama-axborot materiallarini jo‘natish.
2-bosqich – ishlarning kelib tushishi va ularning saralanishi.
3-bosqich – ko‘rgazmani tashkil etilishi, uni yakunlash hamda g‘olib va sovrindorlarni aniqlash, ko‘rgazma katalogini chiqarish.
II Xay’at
Taniqli rassomlar, san’atshunoslar, bolalar ijodiyoti sohasidagi mutaxassislar, badiiy ta’limning taniqli pedagoglari, xorijiy fuqarolar, ijodkor ziyolilardan iborat xay’at tanlov yakunlarini belgilaydi.
III Sovrinlar
Gran-pri Biyennalening bosh sovrini hisoblanadi va u diplom bilan birgalikda bitta ishtirokchiga topshiriladi.
Quyidagi mukofotlar nazarda tutiladi:
Oltin medal – diplom bilan – 7 ta
Kumush medal – diplom bilan – 7 ta
Bronza medal – diplom bilan – 7 ta
Esdalik medallari – 50 dona
Ishlari ko‘rgazmaga qo‘yilgan ishtirokchilarga «Toshkent quvonchlari» Xalkaro bolalar rasmlari Biyennalesining sertifikatlari beriladi.
Turli davlat va nodavlat tashkilotlar, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari tomonidan «Mavzuni eng yaxshi yoritganligi uchun», «Kasbiy mahorat uchun», «Ijodiy hayolot» va boshqa yunalishlar buyicha rag‘batlantiruvchi sovrin hamda mukofotlar ta’sis etilgan.
Tarbiyalanuvchilari eng ko‘p sovrinli o‘rinlarni egallagan o‘quv yurtlari hamda tugaraklar maxsus diplomlarga sazovor buladi.
«Toshkent quvonchlari»
Xalqaro bolalar rasmlari
Biyennalesining manzili:
100029, Toshkent sh. Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 37 ”A”
Tel/faks: +99871 232-13-27
E-mail: tukhtasin@yahoo.co.ukVeb-sahifa: www.caravanserai.uz, www.art-academy.uz