O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Budapeshtga jo‘nab ketdi

Vengriya tomonining taklifiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq Budapesht shahrida Vengriya Prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv va Bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar rejalashtirilgan.

Bu muloqotlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Prezidentimiz Vengriyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.