O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar.

Marosim Samarqanddagi samarali muzokaralar yakunida bo‘lib o‘tdi.   

Mazkur deklaratsiya O‘zbekiston va Rossiyaning ko‘p qirrali hamkorligi rivojida yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi. Unda o‘zaro aloqalarga alohida e’tiborga molik yaqin va jadal hamkorlik sifatida qaralishi qayd etilgan. 

Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, atom energetikasi, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni aniq yo‘nalishlar asosida rivojlantirish ko‘zda tutilgan. 

Umuman, O‘zbekiston–Rossiya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy asosini 350 dan ziyod hujjat tashkil qiladi.