Kecha Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat chog‘ida tomonlar 2018 yil oktyabrda Fransiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi rasmiy tashrif hamda 2021 yil avgust oyida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotlar O‘zbekiston – Fransiya munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga xizmat qilganini alohida taʼkidladi.
Uchrashuvda 2022 yil kuzida Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazilishiga tayyorgarlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Fransiya tomoni ushbu tadbirni yuksak darajada tashkil etish bo‘yicha faol ishlar olib borilayotganini maʼlum qildi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni yana-da mustahkamlash, xususan, shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish, O‘zbekistonda Fransiya kompaniyalari bilan birgalikda qator loyihalarni amalga oshirishdan tomonlar o‘zaro manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Tadbir yakunida Elchi O.Bushez xonimga Toshkent “TEXNOPARK”iga uyushtirilgan tashrif lahzalarini o‘zida jamlagan fotoalbom taqdim etildi.