So‘nggi paytlarda noqonuniy va texnik nosoz transport vositalari sabab ko‘plab ko‘ngilsiz holatlar yuz bermoqda. Ayrim “arzon”, “tez yetkazamiz” degan takliflar ortida esa katta xavf yashiringan bo‘lishi mumkin.
❗️ Safar davomida o‘zingizni xavf ostiga qo‘ymang:
✔️ Faqat rasmiy va ishonchli transport xizmatlaridan foydalaning
✔️ Haydovchi va transport hujjatlarini tekshirib oling
✔️ Imkon qadar poyezd yoki samolyot kabi xavfsiz transport turlarini tanlang
✔️ Tungi va uzoq masofali safarlarda ehtiyot choralariga amal qiling
✔️ Yo‘lga chiqishdan oldin ob-havo va yo‘l holatini tekshirib oling
✔️ Begona va noqonuniy tashuvchilarning takliflariga ishonmang
🛑 Unutmang: bir necha soat yoki ozgina mablag‘ni tejash hayotingizdan qimmat emas!
📞 Favqulodda vaziyatlarda:
Migratsiya agentligining 1282 qisqa raqami yoki 24/7 ishlovchi @huquqiy_yordam_uzbot orqali murojaat qiling.
📢 Ushbu xabarni yaqinlaringiz va safarga otlanayotgan tanishlaringizga ham ulashing!
👉 Eng so‘nggi yangiliklar: @uzmigration