Centrum Air Aktaudan Nukusga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni ochmoqda

Aviakompaniya Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalish — Nukusdan Aktauga (Qozog‘iston) to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yoʻlga qoʻymoqda. Parvozlar 2025-yil 3-iyuldan boshlanadi va haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Aktual jadval (mahalliy vaqt bilan):


Aktau – Nukus

– Payshanba: jo‘nab ketish 22:00 → yetib borish 23:20

– Yakshanba: jo‘nab ketish 03:30 → yetib borish 05:05

Nukus – Aktau

– Payshanba: jo‘nab ketish 19:50 → yetib borish 21:10

– Yakshanba (tungi reys): jo‘nab ketish 01:20 → yetib borish 02:40 (dushanba)

Mazkur reys Qoraqalpog‘iston va Qozog‘istonning g‘arbiy qismi o‘rtasida qulay aloqani ta’minlab, ikki davlat o‘rtasidagi shaxsiy va ishbilarmonlik safarlarini yengillashtiradi.

Aviachiptalar narxi 770 ming so‘mdan boshlanadi. Chiptalar allaqachon aviakompaniyaning rasmiy  centrum-air.com sayti hamda Centrum Air’ning roʻyxatdan o‘tgan agentlarida mavjud.
Qozog‘istonda chiptalarni Transavia ofislarida ham xarid qilish mumkin.