Samarqand shahri 2024-yil, 26–30-avgust
YUNESKO shafeligida 26-30-avgust kunlari “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi.
“Sharq taronalari” Markaziy Osiyodagi eng katta festivallardan biri sanaladi. Festival o‘tkazilishidan asosiy maqsad milliy musiqa san’atida erishilgan yutuqlarni keng ommaga tatbiq qilish, millatlarning madaniyat va an’analarini asrash va rivojlantirish, sozandalik va xonandalik yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.
1997-yilda tashkil etilib, ilk marotaba o’tkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida 31 ta davlatdan musiqiy guruhlar va ijrochilar tashrif buyurishgan bo‘lsa 2019-yilda o‘tkazilgan XII “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 75 taga yetgan.
2024-yilning 26-30-avgustkunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalidadunyoning 70 ga yaqin (1-avgust holatida 62 ta davlat festivalda ishtirok etish xohishini bildirgan, ayni kunlarda festivalda qatnashish uchun arizalar kelishi davom etmoqda) mamlakatlaridan 300 nafardan ziyod vakil qatnashishi kutilmoqda.
Bugunga kelib “Sharq taronalari” nafaqat O‘rta Osiyoda, balki jahon miqyosidagi mashhur festivallar qatoridan joy olib ulgurdi. Buning yorqin misolini yildan-yilga qatnashchilar va festivalda qatnashish istagini bildirayotgan davlatlar sonining oshishida, dastur saviyasining yuqorilab borayotganida ham ko‘rishimiz mumkin.
“Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida quyidagi dastur asosida ish olib borish rejalashtirilgan:
26–avgust kuni Samarqandshahrida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
27-28-avgust kunlari “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda musiqashunos olimlar, ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari, musiqiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchi-doktorant va magistrantlar ishtirok etishlari kutilmoqda.
27-28-29-avgust kunlari (soat 19:00da)“Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivaliga tashrif buyurganishtirokchilar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazilib, Xalqaro hay’at tomonidan tanlov ishtirokchilarining chiqishlari ikkita yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:
professional (klassik) darajadagi xalq musiqasi va qo‘shiq yo‘nalishi;
zamonaviy kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqa va qo‘shiq yo‘nalishi.
Ma’lumot uchun.( 354-сон 25.04.2019. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida (lex.uz))
Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan yetti kishidan kam bo‘lmagan tarkibdaXalqaro hay’at tuziladi.
Xalqaro hay’atga yuqori malakali xorijiy va mahalliy musiqashunos olimlar, taniqli san’atkorlar, kompozitorlar va bastakorlar, xorijiy davlatlardagi xalqaro san’at festivallari tashkilotlarining vakillari taklif etiladi.
Baholash jarayonida qo‘shiqlarning milliyligi, she’rlarning ohang bilan mutanosibligi va mazmundorligi, qatnashchining ijro saviyasi, kiyinish madaniyati va sahna harakati tanlovning asosiy mezonlari hisoblanadi.
Tanlovda chiqish uchun tarkibi 12 nafar musiqachidan ko‘p bo‘lmagan cholg‘u ansambli jonli tarzda jo‘r bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Xalqaro hay’at tomonidan tanlov ishtirokchilarining chiqishlari ikkita yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:
professional (klassik) darajadagi xalq musiqasi va qo‘shiq yo‘nalishi;
zamonaviy kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqa va qo‘shiq yo‘nalishi.
Tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
“Gran-pri” — 10 000 AQSH dollari;
I o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 2 x 5 000 — 10 000 AQSH dollari;
II o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha ) 2 x 3 500 — 7 000 AQSH dollari;
III o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 3 x 2 000 — 6 000 AQSH dollari;
Xalqaro hay’at qaroriga muvofiq munosib nomzod topilmaganda “Gran-pri” berilmaydi.
Xalqaro hay’at qaroriga muvofiq faqatgina “Gran-pri” mukofoti bo‘linmaydi, I, II va III o‘rinlar pul mukofotlari bo‘linishi mumkin.
Tanlovda qatnashgan va sovrindor bo‘lmagan ishtirokchilarga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali diplomanti diplomi beriladi.
Tanlov sovrindorlari “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali yopilish marosimi konsert dasturida qatnashishlari lozim.
Tanlovda sovrindor (laureat) bo‘lgan ishtirokchilar keyingi yillarda o‘tkaziladigan ushbu tanlovda ishtirok etolmaydi, faxriy mehmon sifatida festivalga taklif etilishi mumkin. Tanlovda qatnashib, o‘rin egallamagan ishtirokchi keyingi tanlovda qatnashish huquqiga ega.
Tashkilotchi, ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar va boshqa tashkilotlarning mustaqil hay’at a’zolari va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan ishtirokchilar “Eng yosh ishtirokchi”, “Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi”, “Eng yaxshi cholg‘u musiqasi ijrochisi” kabi nominatsiyalar va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha maxsus diplom hamda 500 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Festivalning har bir qatnashchisiga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali faol ishtirokchisi sertifikati beriladi.
Eslatma:Tanlovda sovrindor (laureat) bo‘lgan ishtirokchilar keyingi yillarda o‘tkaziladigan ushbu tanlovda ishtirok etolmaydi, faxriy mehmon sifatida festivalga taklif etilishi mumkin. Tanlovda qatnashib, o‘rin egallamagan ishtirokchi keyingi tanlovda qatnashish huquqiga ega.
30-avgust kuniSamarqandshahrida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda,g‘oliblar e’lon qilinib taqdirlanadi.