

O’zbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsuli Aktobe mintaqaviy universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuv avvalida diplomat O’zbekiston Davlat bayrog’i qabul qilinganining 34 yilligi bilan tabriklab, ushbu davlat ramzi umuminsoniy qadriyatlar, shonli tarix, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik timsoli ekanini ta’kidladilar.
Shuningdek, uchrashuvda xorijlik talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o’zbekistonlik talabalarning o’qish va yashash sharoitlari haqida fikr almashildi, tashabbuslar va yoshlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida talabalarga Qozog’istonning migratsiya qonunchiligi, jumladan, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, migratsiya hujjatlarini rasmiylashtirish tartib-taomillari, migratsiya rejimiga rioya etishga doir asosiy talablar tushuntirib berildi.
Qudaybergen Jubanov nomidagi Aqto’be mintaqaviy universitetida bugungi kunda 128 nafarga yaqin yoshlarimiz texnika, iqtisodiyot va filologiya mutaxassisliklari bo’yicha ta’lim olmoqda.