O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga davlat tashrining birinchi manzili – muqaddas Madina shahriga keldi.
Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Madina mintaqasi rahbarlari kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev musulmonlarning muqaddas ziyoratgohlaridan biri – Masjidun Nabaviyga yo‘l oldi.